» » Patriarx Kirill O‘zbekistonga keldi. U boshliq delegatsiya Musulmonlar idorasi rahbarlari bilan uchrashdi

Patriarx Kirill O‘zbekistonga keldi. U boshliq delegatsiya Musulmonlar idorasi rahbarlari bilan uchrashdi


Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill boshchiligidagi Rus pravoslav cherkovining Moskva Patriarxati delegatsiyasi 29-sentabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi rahbari mitropolit Vikentiy va rasmiy shaxslar kutib olgan.

Delegatsiya a’zolari tashrifni Toshkentdagi Svyato-Troitskiy Nikolskiy ayollar monastirini ziyorat qilishdan boshladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Musulmonlar idorasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zAning xabar berishicha, patriarx Kirillning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. Dastur doirasida Buxoro va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, shuningdek, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish va qabriga gul qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Rus pravoslav cherkovining Moskva Patriarxati delegatsiyasi Toshkent yeparxiyasining 145 yilligi munosabati bilan “Turkiston” san’at saroyida tashkil etiladigan tantanali tadbirda ham ishtirok etadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют