» » Buyuk zilzilaning kutilmagan oqibati ma’lum bo‘ldi

Buyuk zilzilaning kutilmagan oqibati ma’lum bo‘ldi


AQShlik olimlar guruhi 2011-yilda Yaponiyaning sharqiy qirg‘oqlarida yuz bergan Buyuk zilzila suvosti jonzotlarining Shimoliy Amerika tomonga anomal ko‘chishiga sabab bo‘lganini tushuntirib berdi. Bunda hayvonlarga sunami natijasida okeanga oqib ketgan chiqindilar yordam bergan. Bu haqda Earther xabar berdi.

Mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, Yaponiya qirg‘oqlarida yashovchi dengiz hayvonlarining 300 dan ortiq turi Gavayi orollari va Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qirg‘oqlariga tomon ko‘chgan. Hayvonlar butilkalar, shinalar, kemalarning bo‘laklari va penoplastda suzib borgan. Sunami sababli yuzaga kelgan ko‘chish olti yildan buyon davom etmoqda.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, aniqlangan turlardan hech biri, shu jumladan, mollyuskalar, qurtlar, baliqlar, mustaqil ravishda suvda katta masofani bosib o‘ta olmaydi. Biroq bu holatda ularning ko‘pchiligi yashab, ko‘paymoqda va yangi ekotizimga moslashmoqda. Jonzotlarning 35 foizi allaqachon tinch okeanining AQSh qirg‘oqlarida tarqalgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют