» » Mustaqil Kataloniya tarafdorlari tungi navbatlar bilan politsiyaga qarshilik ko‘rsatdi

Mustaqil Kataloniya tarafdorlari tungi navbatlar bilan politsiyaga qarshilik ko‘rsatdi


Kataloniya mustaqilligi masalasidagi referendum boshlanishiga to‘rt soat qolganidayoq hududdagi saylov uchastkalari oldida navbatlar yuzaga kela boshladi, deya xabar bermoqda “RBK”.

Navbatda turganlar shu yo‘l bilan saylov uchastkalarini Madridning ko‘rsatmasi bilan xatlayotgan politsiyachilardan mudofaa qila olamiz, deb hisoblamoqda; Kataloniyadagi referendum Ispaniya hukumati tomonidan noqonuniy deb topilgan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, o‘nlab maktablar (saylov uchastkalari maktablarda tashkil etilgan) butun boshli oilalar bilan egallangan bo‘lib, ular tuni bilan bu yerda navbatchilik qilib chiqdi. Ba’zi maktablarni esa fermerlar qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan qurshab olgan holda himoyaga oldi.

Faollarning Reuters’ga ma’lum qilishicha, ular politsiya saylov uchastkasi atrofida odamlar ko‘pligini ko‘rsa, uchastkani kuch bilan yopib qo‘yish fikridan qaytadi, deb umid qilmoqda.

Kun yorishishidan ancha avval politsiya kuchlari ham shay holatga keltirilgan, Barselona markaziga yuzga yaqin yuk mashinasida tartib posbonlari keltirilgan. Shunga qaramay, ba’zi saylov uchastkalariga allaqachon saylov urnalari va byulletenlari yetkazilgani aytilmoqda.

Avvalroq Ispaniya hukumati Kataloniyadagi 2315 ta saylov uchastkasidan 1300 dan ziyodi politsiya tomonidan yopilgani haqida hisobot bergan edi. Ayni vaqtda, La Vanguardia nashri referendum tashkilotchilari 163 ta maktabni egallab olib, ularning yopilishiga qarshilik ko‘rsatishga qaror qilgan.

Kataloniya hukumati rejasiga ko‘ra, referendum 1-oktabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 9:00 da (Toshkent vaqti bilan 12:00 da) boshlanishi kerak. Saylov uchastkalari 20:00 gacha ochiq bo‘ladi. Biroq Ispaniya hukumati hech qanday ovoz berish bo‘lmasligi, referendum “davlat tomonidan bekor qilingani”ni ta’kidlamoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-10-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют