» » Maktab kutubxonasi irqchilik tufayli Melaniya Tramp sovg‘a qilgan kitoblarni qabul qilmadi

Maktab kutubxonasi irqchilik tufayli Melaniya Tramp sovg‘a qilgan kitoblarni qabul qilmadi


AQShning Kembridjport shahridagi (Massachusets shtati) maktab kutubxonasi birinchi xonim Melaniya Tramp tomonidan sovg‘a qilingan kitoblarni qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Melaniya maktabga bolalar yozuvchisi Doktor Syuzning 10 kitobidan iborat to‘plamlarni jo‘natgandi. Biroq kutubxonachi Liz Fipps Soeyro maktabda kitoblar yetishmovchiligi mavjud emasligini bildirib, sovg‘ani rad etdi.

Shuningdek, kutubxonachi ayol birinchi xonimga Syuzning kitoblaridagi ayrim suratlar irqchilik ko‘rinishida ekanligi ta’kidlangan maktub yo‘lladi. U kutubxonalarga jo‘natish uchun mos keladi deb hisoblaydigan kitoblar ro‘yxatini ham ilova qildi.

“Siz va turmush o‘rtog‘ingiz mamlakat bolalariga bevosita ta’sir o‘tkazasizlar. Shuning uchun ular haqida ko‘proq bilish va baholashga vaqt ajrating”, — deyiladi Soeyroning xatida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют