» » Politsiya Kataloniyadagi saylov uchastkalarini yopib qo‘yishga kirishdi

Politsiya Kataloniyadagi saylov uchastkalarini yopib qo‘yishga kirishdi


Kataloniya politsiyasi 15 dan ortiq saylov uchastkasini yopdi va bu uchastkalarda tintuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, politsiya xodimlarini til maktabi hududida joylashgan saylov uchastkasiga kelgan odamlar o‘rab olgan. Huquq-tartibot xodimlari qo‘shimcha kuch so‘ragan.

Kataloniyaliklar referendum boshlanishidan bir necha soat avvaloq saylov uchastkasi vazifasini bajarishi belgilangan maktablar oldida navbatga turishni boshlagan edi. Yomg‘irli havoga qaramay, minglab kataloniyaliklar ovoz berish jarayonini kutib, ko‘chalarga chiqdi.

Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi Kataloniya jeneraliteti va parlamenti tomonidan referendumni o‘tkazish yuzasidan qabul qilingan barcha hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish haqida qaror qabul qilgan. Shu yo‘l bilan Ispaniya markaziy hokimiyati Kataloniya ma’muriyatining referendum o‘tkazish bo‘yicha keyingi barcha harakatlariga noqonuniy tus bergan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют