» » Kataloniyada politsiya hudud mustaqilligi uchun ovoz bermoqchi bo‘lganlarni kuch bilan tarqatmoqda

Kataloniyada politsiya hudud mustaqilligi uchun ovoz bermoqchi bo‘lganlarni kuch bilan tarqatmoqda


Ispaniya politsiyasi xodimlari Kataloniya mustaqilligi referendumida saylov uchastkasi vazifasini bajarishi kutilgan maktablar va boshqa inshootlarni odamlardan bo‘shatishni boshladi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, ba’zi joylarda odamlar kuch bilan tashqariga chiqarib tashlanmoqda.

Nacio Digital nashri tomonidan e’lon qilingan videoda politsiya xodimlari namoyishchilar egallab olgan Barselonadagi Jaume Balmes kollejidan odamlarni birma-bir kuch bilan olib chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Huquq-tartibot kuchlari Kataloniya hukumati tomonidan ovoz berish jarayonini o‘tkazish joyi sifatida belgilangan barcha o‘quv muassasalari va jamoat binolarni yopish to‘g‘risidagi farmon talablarini bajarish maqsadida odamlarni kollejdan olib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniyada 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tayotgan mustaqillik referendumi Ispaniya markaziy hukumati tomonidan tan olinmagan, Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi tomonidan noqonuniy deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют