» » Narvallar o‘zlarining noodatiy shoxidan qanday maqsadda foydalanadi?

Narvallar o‘zlarining noodatiy shoxidan qanday maqsadda foydalanadi?


Narval — sayyoradagi eng sirli dengiz sutemizuvchilaridan biri hisoblanadi. Ular Shimoliy Muz okeanining muzlar suzib yuruvchi qismida yashaydi, deb yozadi TravelAsk.

Narvallar asosan Kanada qirg‘oqlarida ko‘p uchraydi, biroq ularni Shpitsbergen va Frans-Iosif yerida ham uchratish mumkin. Jonivorlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, erkak narvallarning boshida o‘ziga shoxsimon tish mavjud.

Ayrim narvallarning boshida ikkita shoxsimon tish bor bo‘lsa, ayrim urg‘ochi narvallarda ham bu o‘ziga xos shoxni uchratish mumkin. Narvalning shoxi — uning ikkita tishidan biri hisoblanib, uning uzunligi ikki—uch metrgacha yetadi. Erkak narvallarning tanasi uzunligi besh metrgacha bo‘ladi.

Urg‘ochi narvallarning uzunligi esa uch—to‘rt mertgacha yetadi. Yarmi jonivorning ichida joylashgan shox katta ko‘rinishiga qaramay, 10 kilogramm keladi.

Shoxlar o‘ta mustahkam bo‘lib, shu bilan birga qisman egiluvchanlik xususiyatiga ham ega. Ular ikki tomonga 30 santimetrgacha egilishi mumkin.

Bir qarashda shoxlar dengiz mavjudotining harakatiga to‘sqinlik qilib, uning nafas olishini qiyinlashtiradigandek tuyuladi. Olimlar shoxning vazifasi haqida juda ko‘p tortishgan.

Shoxlar erkak narvallarga o‘z “raqib”lari yoki yirtqich jonivorlar bilan tortishuvda qo‘l kelgan, degan taxmin ilgari surilgan. Shuningdek, narvallar shoxlari yordamida suv ostida mo‘ljal oladi, degan talqinlar ham ko‘rib chiqilgan.

Biroq, Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) biologlari narvallar shoxlaridan o‘zga maqsadlarda foydalanishini aniqladi. Tadqiqotchilar uchuvchisiz uchar apparatlar yordamida Kanadadagi narvallar guruhini kuzatdi.

Uchar apparatlar narvallarninig e’tiboriga tushmaydigan va ularni himoyalanishga chorlamaydigan tarzda kichik hamda qulay tarzda ishlab chiqildi.

Mazkur tadqiqot natijasida olimlar narvallar jumbog‘ini yechishga yordam bergan o‘ziga xos kadrlarni qo‘lga kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, narvallar shoxlari yordamida baliqlarni karaxt qilib ovlaydi.

Kadrlarda sutemizuvchilar baliqlar to‘dasini shoxlari yordamida urganidan so‘ng baliqning karaxt bo‘lib qolgani va narval uni yutib yuborganini ko‘rish mumkin.

Shoxsimon tish baliq tutishdan tashqari boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin, biroq bu vazifalar hozircha biologlar tomonidan aniqlanmagan. Ammo, uddaburon narvallar tanasining o‘ziga xos a’zosidan ozuqa topishda foydalanishi isbotlangan fakt hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют