» » OAV: Oq uy ma’muriyati “Tolibon” harakatining Qatardagi vakolatxonasini yopish rejasini ko‘rib chiqmoqda

OAV: Oq uy ma’muriyati “Tolibon” harakatining Qatardagi vakolatxonasini yopish rejasini ko‘rib chiqmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati “Tolibon” harakatining Qatardagi vakolatxonasini yopishga qaratilgan rejani ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Gazeta manbalariga ko‘ra, mazkur tashabbus Davlat departamenti mansabdorlarida norozilik uyg‘otdi. Ular bu harakat AQShning Afonistondagi manfaatlariga ziyon yetkazishi va “Trampning Vashingtonni urushdan tortib olishga urinishi”ni chippakka chiqarishi mumkinligini bildirmoqda.

Departamentning Janubiy Osiyo masalalari bo‘yicha shug‘ullanuvchi bir qator xodimlari sentyabr oxirida prezident ma’muriyati vakillariga maktub yo‘llab, toliblar vakolatxonasini yopishdan tiyilishga chaqirgandi.

“Afg‘onistonda urushni to‘xtatish yuzasidan harakatlarimiz davom etadi. Biz yarashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz, bunga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas”, — dedi Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Noyert.

Ma’lumot uchun, toliblarning Doxadagi vakolatxonasi 2013-yilda AQSh, Afg‘oniston va Qatar rasmiylari yordamida ochilgan edi. Vakolatxona muzokaralar jarayonini jadallashtirishi ko‘zda tutilgandi, biroq Vashingtonning bu boradagi umidi puch bo‘lib chiqdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют