» » Kataloniyadagi referendum vaqtida 893 kishi jarohat oldi

Kataloniyadagi referendum vaqtida 893 kishi jarohat oldi


1-oktabr, yakshanba kuni Kataloniya mustaqilligi uchun bo‘lib o‘tgan referendumda 900 ga yaqin odam jarohat oldi. Bu haqda avtonom viloyatning sog‘liqni saqlash departamentiga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

“Umumiy miqdorda 893 kishiga tibbiy yordam kerak bo‘ldi”, — deya ta’kidladi idora.

1-oktabr kuni Kataloniyadagi referendum ishtirokchilarining 90 foizi, ya’ni ikki milliondan ortiq odam avtonom hudud mustaqilligi uchun ovoz bergan. Madrid katalon referendumini noqonuniy deb hisoblamoqda, Barselona esa ovoz berish jarayonlariga qadar plebissit hukumat uchun qonuniy kuchga ega ekanligini ma’lum qilgandi.

Referendum o‘ta keskin sharoitda bo‘lib o‘tdi: ispan sudining qarorini bajargan milliy politsiya va fuqarolik gvardiyasi xodimlari saylov uchastkalari ishini to‘xtatishga, byulletenlar uchun mo‘ljallangan qutilarni tortib olishga harakat qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют