» » Eksportchi tadbirkorlarga foizsiz kreditlar berilmoqda

Eksportchi tadbirkorlarga foizsiz kreditlar berilmoqda


O‘zbekistonda eksportga yo‘naltirilgan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga foizsiz kreditlar berilmoqda, deyiladi O‘zAda e’lon qilingan materialda.

Aytilishicha, Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 19-sentabrdagi “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchilarga yana bir qulaylik yaratdi. Bugun Norvegiya, Vyetnam, Tailand, Braziliya, Kipr, Makedoniya, AQSh va boshqa ko‘plab davlatlar aholisi O‘zbekiston mirishkorlari yetishtirgan mahsulotlarni sevib iste’mol qilmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida joriy yilning o‘tgan davrida 2 milliard 272 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.

Jamg‘arma mutaxassislari mamlakatda yetishtirilayotgan meva-sabzavot, poliz ekinlariga dunyo bozoridagi talabni muntazam o‘rganib, shu asosda tadbirkorlarga maslahatlar bermoqda. Misol uchun, marketing tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Latviya va Germaniyada quritilgan mevalarga talab yuqori ekan. Bu mahsulotlarning bir kilogrammi 2–10 dollar atrofida baholanmoqda. Xitoyliklar esa sabzining abako, bodringning “chumoli” naviga xaridor bo‘lmoqda.

Bir kilogramm gilos uchun Xitoyda 7,3 dollar, Singapurda 9,1 dollar taklif qilinmoqda. Bu davlatlarda uzumning “muskat”, “beyla” navlariga talab yuqori. Aytilishicha, Germaniya, Fransiyada esa O‘zbekistonda yetishtirilgan o‘riklarni ko‘proq qadrlar ekan. Poliz ekinlarini kuzatadigan bo‘lsak, Germaniyada bu mahsulotlarning yillik import hajmi 516 ming tonnani tashkil qilmoqda. Eng qimmat narx Janubiy Koreyada bo‘lib, koreyaliklar bir kilogramm tarvuz uchun 2,8 dollar to‘lashga tayyor.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Big agro eksport” jamiyati sovutgich, tezkor muzlatish, qayta ishlash, qadoqlash kompleksi va zamonaviy issiqxona qurmoqda. 62 gektarda yetishtirilgan brokkoli, aysberg va gulkaram 430 ming dollarga eksport qilindi. Yaqinda Buxoro tumanida issiqxona, murabbo, jem, tuzlamalar va quritilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish sexi ishga tushadi. Korxona 2018-yil 4 million dollarlik eksportni amalga oshiradi. Bu borada Navoiy, Samarqand viloyatlarida ham qator yumushlar bajarilmoqda. Eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida logistika markazlari tashkil etilmoqda. Surxondaryoda ana shunday markaz ishga tushgan bo‘lsa, Sirdaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qurilish ishlari davom etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют