» » Las-Vegasda otishma uyushtirgan shaxsning 40 dan ortiq o‘qotar quroli bo‘lgan

Las-Vegasda otishma uyushtirgan shaxsning 40 dan ortiq o‘qotar quroli bo‘lgan


Las-Vegasdagi otishmani uyushtirgan Stiven Peddokning 40 dan ortiq quroli bo‘lgan. Bu haqda okrug sherifining yordamchisiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Biz Mandalay Bay mehmonxonasidan 23 ta va uning Meskitdagi uyidan (Nevada shtati) 19 ta o‘qotar qurollarni topdik”, — dedi politsiya vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tergov 64 yoshli Peddokni hamon yagona jinoyatchi sifatida ko‘rmoqda va u yolg‘iz o‘zi harakat qilgan degan gumonda. “Biz OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli mish-mishlar tarqalganini bilamiz, ammo bizda ushbu gap-so‘zlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q”, — dedi politsiya ofitseri.

Peddok Las-Vegasdagi aeroport hamda Mandalay Bay mehmonxonasi o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan musiqiy festivalga yig‘ilgan odamlarga qarata mehmonxonaning 32-qavatidan o‘q uzgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 59 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq odam jarohat olgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют