» » BMT: 2017-yili dunyoda 2 milliondan oshiq kishi qochoqqa aylandi

BMT: 2017-yili dunyoda 2 milliondan oshiq kishi qochoqqa aylandi


Yer yuzida joriy yili 2 milliondan ortiq qochoq qayd etildi. Bu haqda BMT qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ijroiya qo‘mitasi 68-sessiyasida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Kommersant”.

“2017-yilda 2 milliondan oshiq kishi qochoqqa aylandi va mamlakatlarini tark etdi. Aksariyat hollarda ular kasallikka chalingan, jarohatlangan va och. Olis chegara hududlarida, qashshoqlik va qoloqlikdan aziyat chekayotgan jamoalarda joylashgan”, — dedi komissar Filippo Grandi.

Mazkur raqam, jumladan, Janubiy Sudanning 650 ming muhojiri, Myanmadan Bangladeshga qochayotgan roxinja xalqining 500 ming vakilini qamrab oldi.

BMT manbalariga ko‘ra, 2016-yilda dunyo bo‘yicha qochoqlar soni 65,6 million kishini tashkil etdi.

Sessiyada ishtirok etgan davlatlar vakillari Nyu-Yorkda kelgusi yili migratsiya haqida global pakt qabul qilish uchun to‘planish haqida kelishib oldi. Ushbu pakt hukumatlar darajasida ma’qullangan va xalqaro migratsiyaning barcha jihatlarini jamlagan birinchi hujjat bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют