» » OAV: Xitoyda ishlayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari ommaviy tartibda vataniga qaytishni boshladi

OAV: Xitoyda ishlayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari ommaviy tartibda vataniga qaytishni boshladi


Xitoyda ishlayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari ommaviy tartibda vataniga qaytishni boshladi. Bu haqda Yonhap agentligining Pekindagi manbalariga tayanib, “TASS” ma’lum qildi.

“2017-yilning birinchi yarmida birgina KXDR bilan chegaradagi Dandun shahrida kamida 20 ming Shimoliy Koreya fuqarosi mehnat qilardi. Biroq Xitoy sanksiyalarni kuchaytirganidan so‘ng ularning soni sezilarli darajada kamaydi”, — ta’kidladi agentlik.

Agentlikka ko‘ra, Xitoy rasmiylari 12-sentabr kuni KXDR fuqarolari vizalarini uzaytirmaslik va yangi vizalarni berish jarayonini qiyinlashtirishga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, 28-sentabrda 120 kun davomida Xitoyda ishlayotgan barcha KXDR va uning fuqarolariga tegishli kompaniyalarni yopish haqida farmon qabul qilindi.

Pekinning mazkur choralari Shimoliy Koreya amalga oshirgan yadro sinovlariga javoban BMT Xavfsizlik kengashi qabul qilgan sanksiyalar bilan bog‘liqligi bildirilmoqda.

Ma’lumot uchun, xorijiy davlatlarda KXDRning 100 mingdan ortiq fuqarosi mehnat qiladi. Ular o‘z vataniga yuboradigan mablag‘ miqdori yiliga 500 million dollar baholanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют