» » Malayziya Shimoliy Koreya fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirish tartibini bekor qiladi

Malayziya Shimoliy Koreya fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirish tartibini bekor qiladi


Malayziya rasmiylari 6-martdan boshlab Shimoliy Koreya fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirish tartibini bekor qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vazirining o‘rinbosari Ahmad Zohid Homidiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Kelgusi dushanbadan boshlab Malayziyaga kirishda KXDR fuqarolari uchun viza majburiy hisoblanadi. Bu choralar milliy xavfsizlik, shuningdek, Shimoliy Koreya fuqarolari ishtirokidagi yaqindagi voqealar bilan bog‘liq”, — deya ta’kidladi bosh vazir o‘rinbosari. 

Hozirda KXDR fuqarolari Malayziyada 30 kun mobaynida vizasiz turishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Malayziya Interpolga KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan Shimoliy Koreyaning 4 nafar fuqarosini qidiruvga berish haqida talabnoma yo‘lladi.

Shuningdek, politsiya Kuala-Lumpur aeroportida Kim Chon Nam o‘limi kuni bo‘lgan KXDRning Malayziyadagi elchixonasi ikkinchi kotibi va Air Koryo aviakompaniyasi xodimini so‘roq qilish uchun ruxsat so‘rab, KXDRning Malayziyadagi elchixonasiga murojaat qildi.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют