» » Kim Chen Inning akasi o‘limida gumon qilingan KXDR fuqarosi qo‘lga olindi

Kim Chen Inning akasi o‘limida gumon qilingan KXDR fuqarosi qo‘lga olindi


Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilingan Shimoliy Koreya fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Malayziya politsiyasining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan shaxs 47 yoshli Li Chen Chxol bo‘lib, uning suiqasdga qanday aloqasi borligi hozircha aniqlanmadi.

Malayziyaning New Straits Times nashri politsiya tomonidan Kim Chon Nam o‘limi bo‘yicha Shimoliy Koreyaning yana uch fuqarosi qidirilayotganini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chon Nam 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida zaharlanish natijasida vafot etdi. Taxminlarga ko‘ra, suiqasdga Kim Chon Namning Makaodagi sirli hisob raqamlariga kirish imkoniyati sabab bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют