» » Yonhap: Kim Chen Inning akasi sirli hisob raqamlar tufayli o‘ldirilgan

Yonhap: Kim Chen Inning akasi sirli hisob raqamlar tufayli o‘ldirilgan


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namning o‘limiga sirli pul jamg‘armalari bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘lgani taxminlardan biri sifatida ilgari surilmoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Yonhap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chon Nam pochchasi Chan Son Txek qatl etilganidan so‘ng, Makaodagi sirli hisob raqamlariga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan. KXDR yetakchisi Kim Chen In akasiga Makaoda saqlanayotgan pullar bilan Shimoliy Koreyaga qaytishini buyurgan, biroq aka bu talabni rad etgan.

Bundan tashqari, Kim Chon Namga katta o‘g‘li mamlakat tashqarisida yashashga majbur bo‘layotganini o‘ylab qayg‘urgan otasi Kim Chen Irdan anchagina mablag‘ meros qolgani ham aytilmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakatga qaytish borasidagi buyruqning rad etilishi Kim Chen Inning g‘azabini keltirgan. KXDR rahbariyati bir necha yil mobaynida Kim Chon Namga o‘ldirilishini aytib, unga tahdid qilgan.

Yaponiyaning Jiji Press agentligi Kim Chon Namning o‘limi asosida siyosiy sabablar ham yotganini taxmin qilmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR yetakchisining akasi quvg‘indagi Shimoliy Koreya hukumatini tuzishga uringanlikda gumon qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 136) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют