» » Kim Chon Nam oila a’zolaridan hech biri uning jasadi topshirilishini talab qilmadi

Kim Chon Nam oila a’zolaridan hech biri uning jasadi topshirilishini talab qilmadi


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning mazkur haftada vafot etgan akasi Kim Chon Namning oila a’zolaridan hech biri Malayziya politsiyasidan uing jasadini topshirishni talab qilmadi. Bu haqda 16-fevral, juma kuni Agence France-Presse ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Hozirgi paytga qadar halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolaridan jasadni taqdim etish bo‘yicha talab kelib tushmadi”, — deyiladi Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari xabarida.

Shu bilan bir paytda, KXDR jasadni Shimoliy Koreya tomonga topshirish haqida rasman talabnoma berganligi ta’kidlanmoqda. Malayziya politsiyasi jasadni topshirishidan avval har qanday holatda ham Kim Chon Namning qarindoshlaridan DNK namunalarini olishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir: OAV: Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namni besh soniyada zaharlashgan

Malayziya poytaxtida vafot etgan Kim Chon Namning o‘limi sababi haligacha rasman ma’lum qilinmadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют