» » Malayziya Kim Chon Namning jasadini KXDRga topshiradi

Malayziya Kim Chon Namning jasadini KXDRga topshiradi


Malayziya hukumati KXDR yetakchisi Kim Chen Inning 13-fevral, dushanba kuni Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida vafot etgan akasi Kim Chon Namning jasadini Shimoliy Koreya tomoniga topshiradi. Bu haqda Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari Ahmad Zohid Hamidiy ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Jasad KXDR elchixonasiga beriladi”, — dedi Hamidiy. U murda barcha zarur jarayonlar o‘tkazilganidan keyin darhol topshirilishini ta’kidladi. Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, Kim Chon Namning jasadi allaqachon yorib ko‘rilgan, ammo o‘limining aniq sababi ayni paytda topilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRning Malayziyadagi elchixonasi Kim Chon Namning jasadi ustida qo‘shimcha tahlillar o‘tkazilishiga qarshi chiqqan va jasad yorib ko‘rilganidan so‘ng darhol topshirilishini talab qilgan edi. Ammo Malayziya rasmiy shaxslari bunday so‘rovni rad etgandi.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют