» » Toshkent shahar hokimligi: Shaharda 4 xonali uylarga talab yuqori ekani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahar hokimligi: Shaharda 4 xonali uylarga talab yuqori ekani ma’lum bo‘ldi


Toshkent shahar hokimligida 3-oktabr kuni poytaxtda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida ishtirok etgan shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  Asomiddin Tojiyev Toshkent shahrida asosan to‘rt xonali uylarga talab yuqori ekanligini ma’lum qildi:

Sergelidagi uylarning qurilishi aholi o‘rtasida necha xonali uylarga talab yuqori ekanligini ko‘rsatib berdi. Biz avvallari 40 foiz aholi ikki, 40 foiz aholi uch va 20 foiz aholi to‘rt xonali uylarni sotib olish istagini bildiradi, deb hisoblardik. Ammo, shaharda to‘rt xonali uylarga talab yuqori ekan.

Ota-ona, farzandi va kelini bilan yashashga to‘rt xonali uyni sotib olish istagi bildirilmoqda. Ikki va uch xonali uylarga ham o‘z o‘rnida ehtiyoj bor. Har bir oila o‘zining moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda uyga pul to‘laydi.

Ayrimlar ikki xonali uy olganidan keyin, uni uch xonali qilishga intiladi. Chunki buni sharoit taqozo etadi. Farzandlar ulg‘aygach, kattaroq uyga ehtiyoj seziladi.

Asomiddin Tojiyev, Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-10-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют