» » O‘zbekistonda hozircha naqd valyuta sotilishi boshlanmadi. Hukumatning tegishli hujjati hali tayyor emas

O‘zbekistonda hozircha naqd valyuta sotilishi boshlanmadi. Hukumatning tegishli hujjati hali tayyor emas


O‘zbekiston banklari hali naqd valyuta sotishni boshlamadi. Ular bu borada rasmiy tasdiq olmagani bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi 1News.

Nashr bank sohasida ishlovchi manbasiga ko‘ra, shu kunlarda hukumatning tegishli hujjati chiqarilishi kutilmoqda, unda naqd valyutani aholiga sotish tartibining aniq reglamentatsiyasi keltiriladi.

“O‘ylaymanki, shu oyning 10-sanasiga qadar biz tegishli farmoyishni olamiz va uni ijro etishga kirishamiz. Eshitishim bo‘yicha, hozir hujjat tayyorlanmoqda va u barcha instansiyalar, jumladan, Adliya vazirligi, Senat va Markaziy bankdan o‘tishi lozim”, — ma’lum qildi u.

Shu bilan birga, u aholi tomonidan naqd valyutaning xarid qilinishiga biror-bir cheklov qo‘yilish-qo‘yilmasligiga aniqlik kirita ololmadi.

Oldinroq bosh vazir Abdulla Aripov 1-oktabrdan e’tiboran aholiga naqd valyuta sotib olish ruxsat etilishini bildirgan edi. Bundan tashqari, buni Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov ham tasdiqlagan, O‘zbekiston bir necha oy ichida naqd valyuta xaridini ochishini bildirgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, bu masala kun tartibida turibda va regulyator bu yechimga bosqichma-bosqich kelmoqda.

Hozircha naqd valyutani yuridik shaxslar cheklovlarsiz xarid qilishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют