» » “Tarixiy hujjat!”. O‘zbekiston Senati o‘zbek—qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

“Tarixiy hujjat!”. O‘zbekiston Senati o‘zbek—qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi


O‘zbekiston Senatining 4-oktabr kuni ish boshlagan 12-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

O‘zAning xabar berishicha, qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

“Mazkur qonun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga sentabr oyida amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani hayotga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqilgan”, — deyiladi agentlik xabarida.

O‘zAning qayd etishicha, “Senat yalpi majlisida bu tarixiy hujjatning ratifikatsiya qilingani o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining o‘zaro aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют