» » AQSh rasmiylari Las-Vegasdagi otishmada halok bo‘lgan deyarli barchaning shaxsini aniqladi

AQSh rasmiylari Las-Vegasdagi otishmada halok bo‘lgan deyarli barchaning shaxsini aniqladi


AQSh rasmiylari Las-Vegasdagi (Nevada shtati) otishmada halok bo‘lgan deyarli barcha insonning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Las-Vegas sherifi Jozef Lombardo 3-oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning chiqishini CNN telekanali efirga uzatdi, deb xabar berdi “TASS”.

“Uch kishidan boshqa barcha halok bo‘lganlarning shaxsini aniqladik”, — dedi sherif.

1-oktabr, yakshanba kuni Las-Vegasdagi Mandalay Bay mehmonxonasi yaqinida bo‘lib o‘tgan konsert dasturi vaqtida otishma sodir bo‘lgandi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, nevadalik 64 yoshli Stiven Peddok mehmonxonaning 32 qavatidan o‘t ochgan. U huquq-tartibot xodimlari yetib kelguniga qadar o‘z joniga qasd qilishga ulgurgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 59 kishi halok bo‘lgan, 520 dan ortiq odam jarohat olgan.

Mavzuga doir: Tramp Las-vegaslik merganni “kasal va aqldan ozgan odam” deb atadi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-10-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют