» » OAV: Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga safar qilishi kutilmoqda

OAV: Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga safar qilishi kutilmoqda


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil yakuniga qadar Ozarbayjonga safar qilishi kutilmoqda. Bu haqda, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyevga asoslanib, “Telegraf.uz” xabar bermoqda.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Ozarbayjonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilgan, biroq sentabr oyida u vafot etgan edi.

“Ayni kunlarda O‘zbekiston Prezidentini Ozarbayjonga taklif qilib, maktub yubordik. Taklif bajonidil qabul qilindi. Tashrif shu yil amalga oshirilishi kutilyapti”, — dedi elchi Guliyev.

“Telegraf.uz”ning o‘z ishonchli manbalariga asoslanib xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayevning 5—6-oktabr kunlari O‘zbekistonga bo‘ladigan tashrifidan so‘ng Ozarbayjonga safar qilishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют