» » Kanadada to‘rt soat daraxtdan tushmagan gumonlanuvchi tako yordamida qo‘lga olindi (video)

Kanadada to‘rt soat daraxtdan tushmagan gumonlanuvchi tako yordamida qo‘lga olindi (video)


Kanadaning Rejayna shahrida avtomobil o‘g‘irlashda gumonlangan shaxs politsiyaga taslim bo‘lmaslik uchun to‘rt soat daraxtda o‘tirdi. Och qolgan erkakka mahalliy aholidan biri tako taklif qilganidan so‘nggina uni qo‘lga olishga erishildi, deb xabar berdi TJournal.

Politsiya erkakni uzoq vaqt qidirgan va 27-sentabrda topishga muvaffaq bo‘lgan. Erkak deyarli qo‘lga olingan vaqtda u daraxtga chiqib olgan va pastga tushishdan bosh tortgan. U yerdan 6—7 metr balandlikda 4 soat davomida o‘tirgan.

Erkakning qo‘lida otvyorka bo‘lgan, u bu orqali o‘zini yoki politsiyachilarni jarohatlash bilan tahdid qilgan. Uning yoniga muzokarachilar kelganida ham tushishdan bosh yortgan. Oradan uch soat o‘tgach kimdir uni suv bilan tushirishga harakat qilgan, biroq u faqatgina ryukzakini tushirib yuborgan hamda daraxtda o‘tirishni davom etgan.

Shundan so‘ng, mahalliy aholidan biri unga ovqat taklif qilgan. U yaqin atrofdagi kafega borib, tako olib kelgan.

Bu ish bergan. Erkak qarshilik ko‘rsatmasdan pastga tushgan va uni qo‘lga olishgan. U takoni yeya olganmi yoki yo‘q bunisi noma’lum.

Tako — Meksika oshxonasining an’anaviy taomi. U makkajo‘xori yoki bug‘doy unidan tayyorlanib, ichiga mol go‘shti, tovuq go‘shti, dengiz mahsulotlari, chorizo, sabzavotlar qo‘shiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 00:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют