» » Harri Keynning so‘nggi daqiqadagi goli inglizlarni JCh—2018 ishtirokchisiga aylantirdi

Harri Keynning so‘nggi daqiqadagi goli inglizlarni JCh—2018 ishtirokchisiga aylantirdi


Angliya terma jamoasi 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etuvchi Yevropaning uchinchi, dunyoning o‘ninchi jamoasiga aylandi.

Saralashning 9-turini Londonda Sloveniyaga qarshi o‘tkazgan inglizlar 94-daqiqaga kelibgina mundial chiptasini ijobiy hal qila oldi. Harri Keyn tomonidan urilgan gol sabab qolgan raqobatchilar inglizlarni quvib yetish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Mazkur turda guruhdagi hech bir terma jamoa 1 tadan ortiq gol ura olmadi. Pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Shotlandiya o‘z maydonida Slovakiyani taslim qilib, imkoniyatlarini yaxshilab oldi. 23-daqiqada Robert Mak qizil olgach, slovakiyalik futbolchilarning ishi qiyinlashib ketdi.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya.

JCh—2018. Saralash
“C” guruhi. 9-tur
5-oktabr, payshanba

Gol: Harri Keyn, 94+ (1:0).

Gollar: Andrey Agius, 23 (1:0). Vikintas Slivka, 53 (1:1).

Gol: Martin Shkrtel, 89-avt (1:0).
Chetlatish: Robert Mak, 23 (S).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют