» » AQSh Suriyaning kim tomonidan ozod etilishi muhim emasligini bildirdi

AQSh Suriyaning kim tomonidan ozod etilishi muhim emasligini bildirdi


Vashington uchun Suriya hududini IShID nazoratidan prezident Bashar Asad armiyasi yoki oppozitsion guruhlar ozod etishining ahamiyati yo‘q. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi vakili general-leytenant Kennet Makkenzining so‘zlariga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Eng muhimi—Frot daryosi bo‘yidagi vodiyni IShID nazoratidan ozod etish.

“O‘ylaymanki, biz bu ish samarali tarzda yakunlanguniga qadar uni kim bajarishiga betaraf munosabatdamiz”, — deydi amerikalik harbiy.

Avvalroq, Rossiya mudofaa vazirligi AQShning terrorchilarga razvedka ma’lumotlarini yetkazayotganini taxmin qilgan edi. Rossiya mudofaa vazirligining fikricha, IShID terrorchilarida AQSh  havo razvedkasi mutaxassislari tomonidan qayta ishlangan ma’lumotlar bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют