» » Rossiya mudofaa vazirligi AQSh maxsus xizmatlarining IShID terrorchilari bilan hamkorligi haqida ma’lum qildi

Rossiya mudofaa vazirligi AQSh maxsus xizmatlarining IShID terrorchilari bilan hamkorligi haqida ma’lum qildi


Rossiya mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, AQSh maxsus xizmatlari Suriyadagi IShID tomonidan nazorat qilinayotgan hududlarda va o‘zini “butunlay xavfsiz” his qilmoqda. Buni Dayr-az-Zavr sharqidagi hududning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari tasdiqlaydi, deb yozmoqda Meduza.

Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan suratlarda AQSh maxsus xizmatlari ixtiyoridagi zirhlangan “Xammer”lar ko‘rinadi. Taxmin qilinishicha, bu mashinalarda AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya demokratik kuchlari jangchilari harakatlanadi.

“Suratlarda jangovor qarama-qarshiliklarning alomati yo‘qligi sababli, bu “Xammer”larda harakatlanuvchilar IShID ga qarshi emasligini anglatadi”, — deb xulosa qilgan Rossiya mudofaa vazirligi. Vazirlik suratlarda AQSh qurolli kuchlari bo‘linmalarining tayanch punktlari yoki amerika maxsus xizmatlari aks etganini ko‘rsatuvchi boshqa belgilarni keltirmagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют