» » Suriyada IShID “mudofaa vaziri” Gulmurod Halimov o‘ldirildi

Suriyada IShID “mudofaa vaziri” Gulmurod Halimov o‘ldirildi


Rossiya aviatsiyasi Dayr az-Zor shahrida IShID qo‘mondonlik punkti, aloqa tarmog‘i va 40 nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

O‘ldirilgan jangarilar orasida 4 nafar nufuzli dala qo‘mondoni, jumladan, IShID “mudofaa vaziri” Gulmurod Halimov va “Dayr az-Zor amiri” Abu Muhammad ash-Shimoliy bo‘lgani bildirilmoqda.

2015-yilda jangarilar tomoniga qochib o‘tgan Tojikiston IIV maxsus bo‘linmasining sobiq qo‘mondoni Gulmurod Halimov Abu Umar ash-Shishaniy yo‘q qilinganidan so‘ng IShID “mudofaa vaziri” lavozimini egallagandi. OAV uning terrorchilar yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning vorisi etib tayinlangani haqida ma’lum qilgandi.

Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lgan Abu Muhammad ash-Shimoliy IShIDning “moliyaviy masalalar bo‘yicha amiri” sanalardi. U logistika, yollangan shaxslarni mashg‘ulot bazalariga yetkazish bilan ham shug‘ullangan. Yevropa maxsus xizmatlari ash-Shimoliyni Parijda 2015-yil noyabrida amalga oshirilgan teraktlar tashkilotchisi hisoblaydi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют