» » IShID “mudofaa vaziri”ni davolagan Tojikiston fuqarosi 13 yilga qamaldi

IShID “mudofaa vaziri”ni davolagan Tojikiston fuqarosi 13 yilga qamaldi


Dushanbe sudi Suriyada IShID guruhi “mudofaa vaziri”, Tojikiston maxsus kuchlarining sobiq komandiri Gulmurod Halimovni davolagan fuqaro 13 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

26 yoshli Mahmad Mahmadiyev IShIDga yollanish moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi. U mart oyida Turkiyadan Tojikistonga ekstraditsiya qilingan edi. Turkiya xavfsizlik kuchlari uni 2016-yil oxirida Suriyaning Manbij shahri atrofida ushlagan edi.

IShIDga qo‘shilishdan oldin Rossiyada mehnat muhojiri bo‘lgan Mahmadiyev 2015-yili Halimovning yaradorligini davolagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-08-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют