» » Fotogalereya: Rossiya prezidenti Vladimir Putin 65 yoshga to‘ldi

Fotogalereya: Rossiya prezidenti Vladimir Putin 65 yoshga to‘ldi


Bugun, 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 65 yoshga to‘ldi. Rossiya maxsus xizmatining sobiq xodimi o‘zining siyosiy faoliyatini prezident Boris Yelsin davrida boshlagan edi. Avvaliga u FXX direktori, so‘ng Rossiya bosh vaziri lavozimida ishlagan. Birinchi bor 2000-yilda prezidentlikka saylangan. “Gazeta.ru” Rossiyaning amaldagi prezidenti bilan bog‘liq suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Vladimir Putin bolaligida

Vladimir Putin do‘stining dachasida, 80-yillar

Vladimir Putin va Italiya bosh vaziri Silvio Berluskoni prezidentning Zavidovodagi qarorgohida ochiq havoda nonushta qilmoqda, 2003-yil

Vladimir Putin Belgorod viloyati gubernatori Yevgeniy Savchenko bilan stomatologiya xonasida, 2011-yil

Vladimir Putin turnalarning noyob turini saqlab qolishga bag‘ishlangan “Umid parvozi” ilmiy loyihasida ishtirok etmoqda, 2012-yil

Vladimir Putin Tiva Respublikasida dam olmoqda, 2009-yil

Rossiya mudofaa vaziri Igor Sergeyev va Vladimir Putin “MAKS-99” aviasalonida

Vladimir Putin va Lyudmila Putina AQSh prezidenti Jorj Bush hamda Lora Bush bilan bo‘lib o‘tadigan norasmiy kechki ovqatga yo‘l olmoqda, 2006-yil

Vladimir Putin hamda AQSh prezidenti Jorj Bush Novo-Ogaryovodagi qarorgohdan joy olgan GAZ-21 “Volga” avtomobilida, 2005-yil

Vladimir Putin hamda Ukraina prezidenti Leonid Kuchma Qrimdagi “Artek” bolalar markazida, 2001-yil

Vladimir Putin Baffi hamda Yume laqabli kuchuklari bilan Moska viloyatida sayr qilmoqda, 2013-yil

Sankt-Peterburg meri Anatoliy Sobchak bilan, 1994-yil

Vladimir Putin Islom Karimov portreti ostiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi, 2016-yil

Vladimir Putin batiskaf yordamida Sevastopol hududida cho‘kib ketgan qadimiy kemani ko‘rish uchun 83 metr chuqurlikka sho‘ng‘imoqda, 2015-yil

Vladimir Putin “Tungi bo‘rilar” klubining prezidenti Aleksandr Zaldostanov bilan motofestivalda, 2011-yil

Vladimir Putin Tungi xokkey ligasi jamoalarining o‘yini vaqtida, 2017-yil

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va prezident Putin noma’lum askar qabrida gul qo‘yish marosimida, 2017-yil, 22-iyun

Vladimir Putin xorijlik olimlar va jurnalistlar bilan Moskva yaqinidagi restoranlardan birida kechki ovqat tanovul qilmoqda, 2011-yil

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют