» » Putin Germaniyadagi razvedkachilik faoliyati bo‘yicha sobiq rahbari xonadonida mehmon bo‘ldi

Putin Germaniyadagi razvedkachilik faoliyati bo‘yicha sobiq rahbari xonadonida mehmon bo‘ldi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq Ittifoq davlat xavfsizligi qo‘mitasining Germaniya demokratik respublikasidagi sobiq vakili Lazar Matveyev xonadonida mehmon bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Putin Matveyevning qo‘l ostida 1980-yillarning ikkinchi yarmida Drezdenda ishlagandi. U o‘zining sobiq rahbarini 90 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi.

Rossiya prezidenti Matveyevning uyiga Germaniyadagi faoliyati bo‘yicha hamkasblari — hozirda “Transneft” kompaniyasini boshqarayotgan Nikolay Tokarev va “Rostex” korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezov bilan birgalikda keldi.

Putin sobiq razvedkachini yubiley va G‘alaba kuni bilan tabrikladi. Unga prezident soati va 1927-yilda, faxriy tug‘ilgan kunda chop etilgan “Pravda” gazetasi nusxasini taqdim etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют