» » Iroq hukumati Turkiya va Erondan Iroq Kurdistoni bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini yopishni so‘radi

Iroq hukumati Turkiya va Erondan Iroq Kurdistoni bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini yopishni so‘radi


Iroq hukumati Turkiya va Erondan Iroq Kurdistoni bilan chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini yopishni so‘radi. Bu haqda Iroq tashqi ishlar vazirligining vakili Ahmad Mahjub bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

Mahjubning so‘zlariga qaraganda, Iroq federal hukumati tegishli so‘rovning javobini kutmoqda.

“Hujjat Iroqning kurd muxtoriyati rahbariyati bilan barcha operatsiyalarni to‘xtatish so‘rovini ham o‘z ichiga oladi”, — ma’lum qildi u.

Shuningdek, Bag‘dod neft bilan bog‘liq barcha savdo operatsiyalarini to‘xtatishni talab qilmoqda.

Iroq Kurdistonida o‘tkazilgan mustaqillik referendumidan so‘ng federal hukumat shu kabi choralarni ko‘rmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют