» » Xitoyda 5 yil ichida 1,3 million nafar mansabdor korrupsiya sababli jazoga tortildi

Xitoyda 5 yil ichida 1,3 million nafar mansabdor korrupsiya sababli jazoga tortildi


Xitoyda o‘tkazilgan yirik antikorrupsion kampaniya davomida so‘nggi besh yil ichida qariyb 1,3 million nafar mansabdor partiya xodimlari jazolandi. Bu haqda XXR Kommunistik partiyasi markaziy komissiyasining bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, jazolanganlar orasida asosiy qismni past lavozimli mansabdorlar tashkil qilib, ulardan 648 ming nafari qishloq mansabdorlari hisoblanadi. Ular tomonidan sodir etilgan korrupsion jinoyatlar o‘ta yirik baholanmagan.

Asosiy tergov ishlari yuqori bo‘lmagan lavozim mansabdorlariga nisbatan olib borilgan bir vaqtda, so‘nggi 5 yilda Xitoy kommunistik partiyasining yuqori mansabli a’zolari korrupsiya jinoyatlar va partiya intizomini buzganlik uchun javobgarlikka tortilgan.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda mamlakat bo‘yicha qariyb 155 mingta partiya tashkiloti tekshiruvdan o‘tkazilgan. Komissiya tergov uchun mansabdorlar jalb qilingan 65 mingdan ortiq korrupsion ishni sud instansiyalariga oshirgan.

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng qamrovli kampaniya Si Szinpin XKP (2012-yil noyabr) va XXR raisligi (2013-yil mart) lavozmiga kelgach boshlangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют