» » Vladimirda halok bo‘lgan 16 o‘zbekistonlikdan 15-sining shaxsi aniqlandi. U buxorolik 20 yashar yigit bo‘lib chiqdi — uning otasi og‘ir ahvolda

Vladimirda halok bo‘lgan 16 o‘zbekistonlikdan 15-sining shaxsi aniqlandi. U buxorolik 20 yashar yigit bo‘lib chiqdi — uning otasi og‘ir ahvolda


Rossiyaning Vladimir viloyatida 7-oktabrga o‘tar kechasi yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan 16 nafar o‘zbekistonlikdan 15-sining shaxsi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq YTH oqibatida halok bo‘lgan 16 o‘zbekistonlikdan 14 nafarining shaxsi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: TIV Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklarning ismlarini e’lon qildi

7-oktabr kuni 15-jasadning shaxsi aniqlashtirilgan. U 29-avgust kuni 20 yoshga to‘lgan buxorolik Mirshod Mirzoyev Mirjon o‘g‘li bo‘lib chiqqan.

Qayd etish joiz, ahvoli og‘irligi sabab hozircha Rossiyada qoldirilgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi orasida Mirshod Mirzoyevning otasi — 1974-yilda tug‘ilgan Mirjon Latipov Mirzoyevich ham bor.

“Rossiyaning tegishli organlari 16-jasad shaxsi va fuqaroligini aniqlash ishlarini olib bormoqda”, — deyiladi TIV axborotida.

Ma’lumot uchun, YTH oqibatida 16 o‘zbekistonlikdan tashqari bir nafar Qozog‘iston fuqarosi ham halok bo‘lgan.

Mavzuga doir: Rossiyadagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют