» » Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida halok bo‘lgan 17 kishidan 14 nafarining shaxsi aniqlandi

Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida halok bo‘lgan 17 kishidan 14 nafarining shaxsi aniqlandi


Vladimir viloyatida poyezd va avtobus o‘rtasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida halok bo‘lgan 17 kishidan 14 nafarining shaxsi ularning do‘stlari va qarindoshlari yordamida aniqlandi. Bu haqda o‘zbeklarning “Do‘stlik” jamoat tashkilotining Vladimir mintaqasidagi raisi Ulug‘bek Boltaboyev ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Kechasi uchdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 14 nafar jasadning shaxsi aniqlangan, yana uchtasini aniqlash qoldi. Halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun Moskvadan qurbonlarning bir nechta qarindoshlari yetib kelishdi, biroq ularning asosiy qismini aniqlashda marhumlar bilan birga avtobusda ketgan fuqarolar yordam ko‘rsatdi”, — deya aniqlik kiritadi Ulug‘bek Boltaboyev.

Uning ta’kidlashicha, 7-oktabr, shanba kuni Moskva vaqt bilan soat 9:00 da YTH ga uchragan avtobusdan omon qolgan yo‘lovchilar vaqtinchalik yashash joyidan Vladimirga kelishi bilan halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash ishlari davom ettiriladi.

Agentlik suhbatdoshining ma’lum qilishicha, O‘zbekistondan Moskvaga omon qolgan yo‘lovchilarni olib ketish uchun kelgan samolyot ortiga marhumlarning shaxsini aniqlash ishlari tugaganidan so‘nggina uchib ketadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-10-2017, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют