» » O‘zbekistonlik shifokorlar Vladimirdagi YTHda jarohatlanganlarni muolaja qilishni boshlab yubordi (foto)

O‘zbekistonlik shifokorlar Vladimirdagi YTHda jarohatlanganlarni muolaja qilishni boshlab yubordi (foto)


O‘zbekiston FVV va SSV xodimlaridan iborat tezkor guruh 6-oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida jabrlangan o‘zbekistonliklarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatib, muolaja ishlarini boshlab yuborgan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Hozirda jarohatlanganlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir. Bulardan biri yosh bola. Oldinroq O‘zbekiston TIV Mirjon Latipov (1974-yilda tug‘ilgan), To‘lqin Tojiyev (1976) va Gulrux Ziyodullayeva (2012) og‘ir ahvolda shifoxonada davolanayotganini xabar qilgandi.

“O‘zbekiston 24” kanali 37 nafar o‘zbekistonlikning ahvoli yaxshi ekanligini xabar qilmoqda.

Pokrov shahri ma’muriyati binosida shtab tuzilgan bo‘lib, rasmiy vakillar jabrlanganlarni tezroq O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralarni ko‘rmoqda.

Oldinroq, Rossiya FVV ma’lumotida avtobusda 58 kishi bo‘lib, ulardan 2 nafar haydovchi Qozog‘iston fuqarosi, qolgan 56 kishi O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytilgandi.

Mavzuga doir: TIV Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklarning ismlarini e’lon qildi

YTH oqibatida 16 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Qozog‘iston fuqarosi halok bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют