» » O‘zbekiston TIV: Vladimirdagi YTH oqibatida 19 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

O‘zbekiston TIV: Vladimirdagi YTH oqibatida 19 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida 6-oktabr kuni yuz bergan avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekiston TIVning Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga asoslanib xabar berishicha, avtobusda 58 kishi bo‘lgan, ulardan 2 nafar haydovchi Qozog‘iston fuqarosi, qolgan 56 kishi esa O‘zbekiston fuqarosi edi.

Vafot etganlar to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash va jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun elchi Bahrom Ashrafxonov boshchiligidagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlari guruhi Vladimir viloyatiga jo‘natilgan.

O‘zbekiston hukumati qaroriga muvofiq, yordam ko‘rsatish va jabrlanganlarni olib ketish uchun Vladimir viloyatiga maxsus samolyot va mutaxassislar yuborilmoqda. “YTH natijasida halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi ma’lumot aniqlanmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston TIV axborotida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют