» » Vladimirda sodir bo‘lgan YTH oqibatida jabrlanganlardan uch nafarining ahvoli og‘ir

Vladimirda sodir bo‘lgan YTH oqibatida jabrlanganlardan uch nafarining ahvoli og‘ir


O‘zbekiston hukumati qaroriga ko‘ra, 6-oktabr kuni avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolarini olib ketish uchun Rossiyaning Vladimir viloyatiga maxsus samolyot va mutaxassislar yuborildi. Ushbu jarayonni yoritib borish maqsadida “O‘zbekiston 24” telekanali jurnalist va operatorlari ham Rossiyaga yo‘l olgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, FVV va SSV xodimlaridan iborat tezkor guruh Pokrov tumaniga yetib borgan zahoti jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatib, muolajalarni boshlab yuborgan.

Hozirda jarohatlanganlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda. Ulardan biri yosh bola.

Rasmiy vakillar jabrlanganlarni tezroq O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha barcha rasmiyatchiliklarni tezlashtirish choralarni ko‘rmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, YTH natijasida 16 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Qozog‘iston fuqarosi halok bo‘lgan.

Bugun, kunning birinchi yarmida jabrlanganlarni O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir: FVV Vladimirdagi YTHda jabrlanganlarning yaqinlari qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘lgan raqamlarni e’lon qildi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-10-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют