» » JCh—2018. “Nemis mashinasi” saralashning 10 ta o‘yinida 10 ta g‘alabaga erishdi

JCh—2018. “Nemis mashinasi” saralashning 10 ta o‘yinida 10 ta g‘alabaga erishdi


Germaniya milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashini 100 foizlik ko‘rsatkich bilan yakunladi.

Nemislar bir tur avval Rossiya mundialiga borish vazifasini bajarib bo‘lgandi. Ioxim Lyov shogirdlari so‘nggi turni ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazib, Ozarbayjon ustidan 5:1 hisobida zafar quchdi.

Pley-off yo‘llanmasi Shimoliy Irlandiyaga nasib qildi. So‘nggi turni irlandlar mag‘lubiyat bilan yakunlaganiga qaramay, kurashni davom ettirish huquqiga ega. UEFA saralashni to‘liq yakunlab bo‘lgach, pley-off uchun qur’a tashlaydi. Chexiya, Norvegiya esa kabi da’vogarlar mundialdan chetda qoldi.

JCh—2018. Saralash
“C” guruhi. 10-tur
8-oktabr, yakshanba

Gollar: Leon Goretska, 9 (1:0). Ramil Sheydayev, 34 (1:1). Sandro Vagner, 55 (2:1). Antonio Ryudiger, 64 (3:1). Leon Goretska, 66 (4:1). Emre Jan, 81 (5:1).

Gol: Kris Brant, 71-avt (1:0).

Gollar: Mixal Krmenchik, 8 (1:0). Mixal Krmenchik, 23 (2:0). Yan Kopits, 27 (3:0). Filip Novak, 71 (4:0). Vatslav Kadlets, 83 (5:0).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 06:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют