» » Angliya qahramoni Keyn yana gol urdi. Shotlandlar JCh—2018 dan alamli tarzda chetda qoldi

Angliya qahramoni Keyn yana gol urdi. Shotlandlar JCh—2018 dan alamli tarzda chetda qoldi


Angliya terma jamoasi Rossiya—2018 chiptasini bir tur avval Harri Keynning goli bilan qo‘lga kiritgandi. Sloveniyaga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqasida muvaffaqiyat qozongan “Tottenhem” hujumchisi Angliya qahramoniga aylangandi.

Keyn Litvaga qarshi so‘nggi turda ham inglizlarning yagona goliga mualliflik qildi. Shu tariqa hujumchi saralashni 5 ta gol bilan yakunladi.

Shotlandlar esa JCh—2018 umidi bilan alamli tarzda xayrlashdi. Ular so‘nggi turda Sloveniya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. G‘alaba shotlandlarni pley-off sari yetaklashi mumkin edi.

Shu tariqa Slovakiya termasiga Sloveniya yordam berdi deyish mumkin. Qayd etish kerak, Slovakiya o‘zaro o‘yinlarda ham, to‘plar nisbatiga ko‘ra ham Shotlandiyadan yaxshiroq natija qayd eta oldi. Slovakiya o‘zida 3:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, safarda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Shunchaki britaniyaliklar ochkolar ustunligini ta’minlay olmadi.

JCh—2018. Saralash
“F” guruhi. 10-tur
8-oktabr, yakshanba

Gol: Harri Keyn, 27-pen (0:1).

Gollar: Li Griffits, 32 (0:1). Roman Bezyak, 52 (1:1). Roman Bezyak, 72 (2:1). Robert Snodgrass, 88 (2:2).
Chetlatish: Boshtyan Tsesar, 92+ (S).

Gollar: Adam Nemets, 33 (1:0). Adam Nemets, 62 (2:0). Ondrey Duda, 69 (3:0).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 06:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют