» » Farg‘onada turizm yo‘nalishida 40 dan ortiq loyiha amalga oshiriladi 

Farg‘onada turizm yo‘nalishida 40 dan ortiq loyiha amalga oshiriladi 


Farg‘ona viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari ochish va turizm hududi tashkil etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2017—2019-yillarda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Marg‘ilon shahrida atlas, adras to‘qimachiligi, chitgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kosibchilik va ipakdan gilam to‘qish ishlariga e’tibor yanada kuchaytirildi. Qo‘qon shahrida yog‘och o‘ymakorligi, pichoqchilik, zargarlik, kandakorlik, temirchilikni, Rishton tumanida kulolchilik, chinni mahsulotlari, musavvirlikni ommalashtirish va sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan tadbirlar belgilandi.

Dasturga ko‘ra, turizm markazlari barpo etilib, ularga yog‘ochsozlik va yog‘och o‘ymakorligi, to‘nchilik, misgarlik, temirchilik singari hunarlar bilan shug‘ullanib qelayotgan sulolalar jalb qilinadi. Turistlar uchun karvonsaroylar (mehmonxona), oshxona va boshqa ko‘ngilochar joylar tashkil etiladi. Qadimgi sharq bozori uslubida qurilgan bozor rastalari, foytun va arava qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ham milliy an’analar timsoliga aylanadi.

Chora-tadbirlar dasturiga asosan 2017—2019-yillarda amalga oshiriladigan 40 dan ortiq loyiha, 10 mehmonxona qurilishiga 26 milliard 910 million so‘m mablag‘ jalb etiladi.

Ayni kunlarda Marg‘ilon shahridagi Silk Tkat and Carpet mas’uliyati cheklangan jamiyatida ipak gilam ishlab chiqarish, “Oltin vodiy durdonalari” turistik yo‘nalishini tashkil etish, hunarmandlikning yo‘qolib borayotgan yo‘nalishi—chitgarlikni qayta tiklash borasida ishlar boshlab yuborildi. Shaharning Xiyobon ko‘chasida “Karvonsaroy — hunarmandlar markazi”, Qo‘qon shahridagi “Jome’” tarixiy yodgorligi masjidida “Qo‘qon adabiy, badiiy, ma’naviy-ma’rifiy muhiti markazi”, “Farg‘ona — Marg‘ilon maqom markazi”ni tashkil etish, 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona qurish ishlari bajariladi.

 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют