» » Putin chet elliklarga Rossiya armiyasi safida xorijda jang qilishga ruxsat berdi

Putin chet elliklarga Rossiya armiyasi safida xorijda jang qilishga ruxsat berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga tuzatishlar kiritish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. 

Hujjatda, jumladan, Rossiya armiyasida harbiy xizmatni o‘tashga shartnoma tuzgan chet elliklarni “Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqarida tinchlikni saqlash yoki tiklash, xalqaro terrorchilikka chek qo‘yish faoliyati”ga jalb qilish imkoniyati belgilandi. 

Rossiya qonunchiligiga asosan, mamlakat qurolli kuchlarining xorijga jo‘natilayotgan harbiy tuzilmalari ixtiyoriylik asosida shartnoma tuzgan harbiylardan shakllantiriladi.

Hozirda harbiy xizmatchilar Suriyadagi jangovar operatsiyalarda ishtirok etmoqda, biroq Rossiya mudofaa vazirligi shartnoma asosida xizmat qiluvchilar xorijliklarning harbiy harakatlarga jalb etilishi haqida ma’lumotlarni oshkor etmagandi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют