» » Rossiya hukumati Vladimir Putinga O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha shartnomani ratifikatsiya uchun jo‘natdi

Rossiya hukumati Vladimir Putinga O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha shartnomani ratifikatsiya uchun jo‘natdi


Rossiya hukumati Vladimir Putinga Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnomani Davlat dumasiga ratifikatsiya uchun kiritishga jo‘natdi. Hukumatning tegishli qarori 28-martda imzolangan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Rossiya va O‘zbekiston Mudofaa vazirlari — armiya generali Sergey Shoygu va general-polkovnik Qobul Berdiyev 2016-yil 29-noyabrda Moskvada harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma hamda 2017-yilda harbiy idoralar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzolagan edi.

Shartnomaga ko‘ra, tomonlar Rossiya va O‘zbekistonda harbiy xavfsizlikni ta’minlash, ikki mamlakat Qurolli kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshiradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют