» » Yaman Saudiya Arabistoni hududiga ballistik raketa uchirdi

Yaman Saudiya Arabistoni hududiga ballistik raketa uchirdi


Yaman Suadiya Arabistoni tomoniga ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Press TV telekanali o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, o‘rta masofaga mo‘ljallangan “Kaxir-2” raketasi mamlakat janubi-g‘arbidagi Jizan tumaniga borib qulagan. Telekanal raketa yetkazgan talafotlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni keltirmagan.

23-avgust kuni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning samolyotlari Yaman poytaxti — Sana shimolida joylashgan Arxab tumanidagi mehmonxonaga zarba bergan edi. Buning oqibatida 30 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab insonlar jarohat olgan.

Yamanda bir necha yillardan beri fuqarolik urushi davom etib kelmoqda. Urushayotgan tomonlardan biri xusiylarning jangovar qanoti — “Ansar Alloh” shialar harakati bo‘lsa, ikkinchisi — surgun qilingan sunniy prezident Abd Rabbo Mansur Hodiy va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют