» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK KLIA Awards 2016 mukofotini qo‘lga kiritdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK KLIA Awards 2016 mukofotini qo‘lga kiritdi


Kuala-Lumpur (Malayziya) xalqaro aeroportining Sama Sama Hotel KL mehmonxonasida o‘n ikkinchi KLIA Awards mukofotining topshirilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Yo‘lovchilar tashish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi xorijiy aviakompaniyasi” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi, deb xabar berdi UzDaily.

Mukofotni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK vakillariga Kuala-Lumpur shahrida Malayziya aeroportlari assotsiatsiyasi boshqaruvchisi Datuk Badlisham Gazali topshirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekitonning milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib KLIA xalqaro aeroportiga Boeing 787 Dreamliner’i yordamida muntazam parvozlarni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, KLIA Awards mukofotining topshirilish marosimi har yili Malayziya aeroportlari ma’muriyati — Malaysia Airports Holding Berhad tomonidan o‘tkaziladi.

Joriy yilda KLIA Awards 2016 mukofotini topshirish marosimida doimiy nomzodlardan tashqari bir nechta yangi aviakompaniyalar ham ishtirok etdi, jumladan, Himalaya Airlines, Thai Smile Airways, US Bangla Airlines, JC Combodia, Cathay Dragon hamda Batik Air Indonesia.

Shuningdek, KLIA Awards 2016 marosimida uchta yangi yo‘nalishlar ham joriy etildi — Markaziy Osiyoda sektorlar bo‘yicha (yo‘lovchi tashish) yil aviakompaniyasi, yilning eng yaxshi davlat agentligi, yilning eng yaxshi kichik va o‘rta korxonalari.

“Yilning eng yaxshi xorijiy avikompaniyasi” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni Emirates aviakompaniyasi, yuk tashish bo‘yicha esa Cathay Pacific Airways aviakompaniyasi qo‘lga kiritdi. AirAsia yana bir bor Low Cost Airline of the Year bilan taqdirlandi, “Yilning keng istiqbolli yangi xorijiy avikompaniyasi” mukofotiga VietJet Air, “Jadvaldagi parvozlarni eng yaxshi amalga oshirgan” mukofotiga esa Silk Air loyiq topildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют