» » Kataloniya yetakchisi mustaqillik deklaratsiyasini imzoladi. Buni rasman tan olishni esa qoldirib turishni so‘radi

Kataloniya yetakchisi mustaqillik deklaratsiyasini imzoladi. Buni rasman tan olishni esa qoldirib turishni so‘radi


Kataloniya yetakchisi Karles Puchdemon, avtonomiya hukumati va parlamentining bir necha o‘n a’zosi Kataloniya mustaqil davlat deb e’lon qilingan “Kataloniya vakillari deklaratsiyasi”ni imzoladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

La Vanguardia nashriga ko‘ra, hujjat huquqiy emas, ko‘proq ramziy ma’noga ega: Kataloniya parlamentida deklaratsiya uchun ovoz berish o‘tkazilmadi. Hujjatni hukmron koalitsiyaga kiruvchi deputatlar imzoladi.

Hujjatda Kataloniya dastlabki shartlarsiz Ispaniya bilan muzokaralarga tayyorligi, uning hududiga taalluqli xalqaro majburiyatlarni hurmat qilishi va Ispaniya ishtirok etayotgan xalqaro shartnomalarda qolishi bildirilgan.

Puchdemon bundan oldin, 10-oktabr kuni parlamentni Ispaniya rasmiylari bilan muloqot imkoniyati saqlanib qolishi uchun mustaqillik e’lon qilinishini qoldirib turishga chaqirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют