» » Meksika qamoqxonasidagi isyon davomida 13 kishi halok bo‘ldi

Meksika qamoqxonasidagi isyon davomida 13 kishi halok bo‘ldi


Meksikaning Kadereyta shahridagi qamoqxonada isyon yuz berdi. Nuevo-Leon shtati xavfsizlik xizmati vakili Aldo Fassining ma’lum qilishicha, isyon ko‘targan mahbuslar uch nafar qo‘riqchini garovga olgan, deb yozadi “Kommersant.ru”.

“Rasmiylar uzoq vaqt davomida ularni ozod qilish haqida muzokaralar olib bordi, biroq muloqot natijasiz yakunlandi. Shundan so‘ng hujum boshlash va isyonchilarga qarshi qurol qo‘llash qarori qabul qilindi”, — deydi Fassi.

U isyonga qamoqxona ichidagi o‘zaro dushman jinoiy guruhlarning qarama-qarshiligi sabab bo‘lganligini ma’lum qildi.

Meksika qamoqxonasi vakili shturm davomida 13 nafar mahbus halok bo‘lganligi, sakkiz kishi yaralanganligini bildirdi. Shuningdek, bir nafar huquq-tartibot organi xodimi jarohat olgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют