» » Tramp yadroviy arsenalni o‘stirishni istashi haqidagi NBC’ning xabarini inkor qildi

Tramp yadroviy arsenalni o‘stirishni istashi haqidagi NBC’ning xabarini inkor qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp NBC telekanalining oxirgi xabarlarini inkor qildi. Unga ko‘ra, prezident mamlakat yadroviy arsenalini o‘n barobarga oshirish niyatini bildirgan, deb eslatadi “RIA Novosti”.

Aytilishicha, Tramp AQShda yadroviy qurol sonining qisqarishi aks etgan slaydga izoh berarkan, shunday so‘zlarni aytgan.

Manbalarga ko‘ra, bu bilan prezident AQSh shtab boshliqlari qo‘mitasi vakillari va davlat kotibi Reks Tillersonni hayratga solgan. Ular ham yig‘ilishda ishtirok etgan.

“Soxta NBC News men AQSh yadroviy arsenalini o‘n barobarga ko‘paytirishni istaganim haqida ertak o‘ylab topdi. Bu meni diskreditatsiya qilish uchun to‘qilgan uydirma”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida hamda NBC va CNN telekanallari o‘rtasiga tenglik belgisini qo‘ydi.

Prezident shuningdek quyidagicha savol tashladi:

“NBC va boshqa kanallardan kelayotgan feyk-nyuz oqimini inobatga olsak, ularning litsenziyasini shubha ostiga olish payti qachon keladi? Bu mamlakat uchun yomon!”.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют