» » Tramp AQSh KXDR yadroviy tahdidini har qanaqa yo‘l bilan yo‘q qilishga tayyorligini bildirdi

Tramp AQSh KXDR yadroviy tahdidini har qanaqa yo‘l bilan yo‘q qilishga tayyorligini bildirdi


AQSh Shimoliy Koreya tomonidan kelayotgan yadroviy tahdidni yo‘q qilish uchun o‘zidagi barcha diplomatik, iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarni ishga solishga tayyor. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp fransiyalik hamkasbi Emmanyuel Makron bilan o‘tkazilgan telefon suhbatida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Bundan tashqari, Oq Uy xabarnomasiga ko‘ra, prezident suhbat chog‘ida bu masalada o‘z ittifoqchilari bilan yaqindan aloqa qilishga tayyorligini ta’kidlab o‘tgan.

Aytilishicha, ikki davlat rahbari Shimoliy Koreyaning beqarorlashtiruvchi fe’l-atvori hamda unga qarshi choralar ko‘rish masalasini muhokama qilgan.

Ular BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasida nazarda tutilgan sanksiyalar ishlashi borasida hamkorlik qilishga kelishib olgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-08-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют