» » Tokio, Seul va Vashington KXDRga nisbatan harakatlarini muvofiqlashtiradi

Tokio, Seul va Vashington KXDRga nisbatan harakatlarini muvofiqlashtiradi


Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh KXDRga nisbatan diplomatik, harbiy va iqtisodiy choralar masalasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda AQShning KXDR bo‘yicha maxsus vakili Jozef Yun Yaponiya va Janubiy koreyalik hamkasblari Kendzi Kanasugi va Kim Xon Gyun bilan Tokiodagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Diplomatiya, harbiy harakatlar va iqtisodiyot sohasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldik”, — deydi Jozef Yun. Uning so‘zlariga qaraganda, tomonlar vaziyatni tartibga solish masalalarida Xitoyning muhim rol o‘ynashi borasida bir fikrga kelgan.

O‘z navbatida, Kim Xon Gyun tomonlar Shimoliy Koreyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga kelishganligini ta’kidladi. U, shuningdek, uchrashuvda provokatsion harakatlar sodir etgan holatlarda Pxenyanga nisbatan choralar ko‘rish masalasi muhokama qilinganligini qo‘shimcha qildi.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют